Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi. Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti: 25-iyul kuni soat 15:00 da; 26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini: ➖my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi; ➖yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga…

Continue ReadingAkademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

Nizomiy nomidagi Toshkent  davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi  o‘tkazildi.

2024-yil 21-iyun kuni Nizomiy nomidagi Toshkent  davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi  o‘tkazildi. Mazkur o'quv yilida akademik litseyni 176 nafar o'quvchi tamomlayotgan bo'lsa, shulardan 21 nafari a'lo darajali diplom bilan tugatdi. Bitiruvchilarning 24 nafari muddatidan oldin nufuzli oliygohlarga o'qishga kirgan. 36 nafar bitiruvchi chettillarini bilish darajasini aniqlovchi IELTS,  102 nafari milliy sertifikat sohibi bo'ldi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent  davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi  o‘tkazildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogikauniversiteti akademik litseyida 2024-yil 8-iyun kuni Konfutsiy instituti tomonidan “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan SPARTAKIADA o‘tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogikauniversiteti akademik litseyida 2024-yil 8-iyun kuni Konfutsiy instituti tomonidan “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan SPARTAKIADA o‘tkazildi.  Ishtirokchilar sportning shaxmat, badminton, shashkava xitoy xalqining  milliy sport  o‘yinlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar.  Spartakiada   ko‘tarinkiruhda o‘tkazildi.           

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogikauniversiteti akademik litseyida 2024-yil 8-iyun kuni Konfutsiy instituti tomonidan “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan SPARTAKIADA o‘tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Tajibayev Amir Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Farmoniga binoan«Sirius» federal hududida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etdi. 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Tajibayev Amir Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Farmoniga binoan«Sirius» federal hududida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etdi. Festivaldan keyingi tadbirlar doirasida Amir Tajibayev 30 maydan 2 iyungacha Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo'lib o'tadigan “Движение Первых” (“Birinchilar harakati") festivali doirasida xalqaro bolalar tashkilotlari assotsiatsiyasi (MАДО) yig'inida ishtirok etish uchun taklif etildi. Ushbu tadbir – 2024 yilda yoshlar ishtirokidagi dunyodagi eng katta va nufuzli hamda turli mamlakatlar yoshlarini birlashtiruvchi maydondir. Tajibayev Amir “namunali ishtirokchi” ro‘yxatiga kiritildi.    …

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Tajibayev Amir Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Farmoniga binoan«Sirius» federal hududida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etdi. 

“Barkamol avlod» sport musobaqalarining hududiy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o’tdi

“Barkamol avlod" sport musobaqalarining hududiy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o'tdi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari umumjamoa hisobida “Barkamol avlod" sport musobaqalarining Toshkent shahar hududiy bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritdi.   Akademik litsey jamoasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 1-darajali diploma va estalik sovg’alari topshirildi. Akademik litsey jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz.

Continue Reading“Barkamol avlod» sport musobaqalarining hududiy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o’tdi

“Barkamol avlod» sport musobaqalarining respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o’tdi

“Barkamol avlod" sport musobaqalarining respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o'tdi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Yermuhamadova Feruza  va 1-bosqich o`quvchisi Eshnazarova Sarvinoz  “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Toshkent shahri jamoasining a`zolari bo`lgan .  2023/2024 o'quv yilida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining mutloq g'olibi bo'lgan 1-o‘rinni qo'lga kiritgan Toshkent shahri jamoasiga  I darajali diplom, kubok va maxsus statuetkalar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov topshirdilar.…

Continue Reading“Barkamol avlod» sport musobaqalarining respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o’tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  akademik litsey o‘quvchilari “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  akademik litsey o‘quvchilari Tojiboyev Amir, Ergasheva Samina va O‘ralova Diyora oliy o‘quv yurtlari talabalari, akademik litsey va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Xitoyning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Xitoy milliy madaniyat markazi hamkorligida tashkil etilgan. Tanlov ishtirokchilari uchta yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar: asosiy nutq, viktorina va iqtidorlar namoyishi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilarining “Xitoy ko‘prigi” xalqaro ko‘rik-tanlovida sovrinli o‘rinlarni…

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  akademik litsey o‘quvchilari “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi

15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida     15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi. Tadbirga Yakkasaroy tumani 60-sonli OP shifokorlari va ichki ishlar hodimlari taklif etildi. Barcha so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarning turmush qurish oldidagi tayyorgarligidan to barpo etilgan oilaga e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal…

Continue Reading15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений

Ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений.  Это American University in Dubai и University of Birmingham Dubai. Оба  ВУЗ предлагают сочетание американской учебной программы и ближневосточных ценностей для воспитания  всесторонне развитой личности.  Мы поздравляем нашего ученика Насирова Жахангира Шовкат угли с таким высоким достижением и желаем ему новых успехов и побед.

Continue ReadingУченик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida     9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Unda o’quvchilar o’zlarining tarix, jahon siyosati, adabiyot va boshqa yo’nalishlarga oid bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Ayniqsa, intellektual o’yin davomida tarixning ayanchli sahifalari yodga olinib, II jahon urushi, fashizm ustidan qozonilgan g’alaba, va albatta, tinchlik insoniyat uchun nihoyatda muhim, bebaho ne’mat ekanligi xususida alohida to’xtalib o’tildi. O’yin zavq va faollikka boy tarzda o’tdi. Barcha ishtirokchi jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Continue Reading9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi