“Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan  “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Unda “Ko’ragon”, “Temur tuzuklari” va “Kuch adolatda” jamoalari ishtirok etib, Amir Temur, xususan, Temuriylar davri tarixi yuzasidan o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Intellektual o’yin o’quvchilar uchun jo’shqin, bahsli va qiziqarli jarayonga aylandi. O’yin so’ngida natijalar e’lon qilinib, “Kuch adolatda ” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.  

Continue Reading“Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi

“Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda litseyning o’quvchi-qizlari faol ishtirok etib, o’zlarining intellektual salohiyatlari, ijodkorlik qirralari, turli sohalarga oid qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tanlovda jami 5 ta shart: tanishtiruv, moda namoyishi, intellektual shart, erkin mavzu va aktyorlik mahorati shartlari bo’yicha qizlar o’zlarining yorqin, ajoyib chiqishlarini taqdim etishdi. Erkin mavzu shartida qizlar har birlari o’zlarining musiqa, notiqlik, tasviriy san’at, dizaynerlik, she’riyat, aktyorlik va raqs san’atiga oid iste’dodlarini namoyish etishdi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ko’rik-tanlovda 108-guruh o’quvchisi Dono …

Continue Reading“Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning «Jannatga yo’l» dramatik dostoni asosida ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Litseyimizda go’zal bahoriy ayyom, Navruz shukuhi! Bayram munosabati bilan “Milliy liboslar kuni” bo’lib o’tdi. Tabriklar, birgalikda qiziqarli o’yinlar va esdalik uchun fotosessiyalar amalga oshirildi. Bayram barchaga quvonch, ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.  Shuningdek, aynan Navro’zda, 21-mart kuni tavallud topgan buyuk shoirimiz, adabiyotimizning zabardast vakili, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning "Jannatga yo'l" dramatik dostoni asosida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari doktori, Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova tashrif  buyurdi.  Nizomiy…

Continue ReadingO’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning «Jannatga yo’l» dramatik dostoni asosida ma’rifiy tadbir o’tkazildi

“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hasharda akademik litsey rahbariyati, pedagogik jamoa a’zolari, ishchi xodimlar va o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi. Hashar davomida akademik litsey hududini tozalash, daraxtlarga ishlov berish, mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.

Continue Reading“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

“Barkamol avlod – 2023” dasturidan o‘rin olgan sportning  “Shaхmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional ta’lim muassasalari  o‘rtasida  “Barkamol avlod - 2023” dasturidan o‘rin olgan sportning  “Shaхmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Yermuhamadova Feruza ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Continue Reading“Barkamol avlod – 2023” dasturidan o‘rin olgan sportning  “Shaхmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Akademik litseyda xitoy tili guruhlari tomonidan bahor bayrami tadbiri o‘tkazildi

2024-yilning 15- mart  kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida xitoy tili guruhlari tomonidan bahor bayrami tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram Xitoyning milliy madaniyati va urf-odatlarini aks ettirib beradigan bayramlardan biridir.   Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti  volontyor - o‘qituvchilari   董富华 (Dong Fuhua), 朱改荣(Zhūgǎiróng) ishtirok etishdi.

Continue ReadingAkademik litseyda xitoy tili guruhlari tomonidan bahor bayrami tadbiri o‘tkazildi

По указу Президента России В.В.Путина в Российской Федерации на федеральной территории Сириус в городе Сочи прошёл Всемирный фестиваль молодёжи. 

По указу Президента России В.В.Путина в Российской Федерации на федеральной территории Сириус в городе Сочи прошёл Всемирный фестиваль молодёжи. Данное мероприятие международного уровня посетили более 20.000 человек из 190 стран мира. На полях международного форума принял участие и ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Таджибаев Амир, который стал членом огромной молодёжной команды. Амир добавил в череду своих побед ещё одну яркую звезду. Мы поздравляем его и желаем новых успехов во благо Нового Узбекистана. 

Continue ReadingПо указу Президента России В.В.Путина в Российской Федерации на федеральной территории Сириус в городе Сочи прошёл Всемирный фестиваль молодёжи. 

AQSh kompaniyasi xodimi, Uschool LC ingliz tili o’qituvchi-volontyori Janet Ludington bilan Speaking Club tashkil etildi

2024-yil 12-mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Creating online training” AQSh kompaniyasi xodimi, Uschool LC ingliz tili o’qituvchi-volontyori, kompyuter fanlari bo’yicha ilmiy darajaga ega, axborot texnologiyalari sohasida 10 yillik tajribaga ega mutaxassis Janet Ludington ishtirokida Speaking club tashkil etildi. Mashg’ulot davomida o’quvchilar turli mavzular bo’yicha, shu jumladan, maqsad, orzular, hayotiy qarashlar yuzasidan ingliz tilida o’z fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Speaking club quvnoq, qiziqarli va yuqori kayfiyatga boy tarzda bo’ldi. Bu kabi mashg’ulotlar o’quvchilar o’z bilim doiralarini kengaytirib, til bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirishlari…

Continue ReadingAQSh kompaniyasi xodimi, Uschool LC ingliz tili o’qituvchi-volontyori Janet Ludington bilan Speaking Club tashkil etildi

TDPU Akademik litseyining o’quvchisi Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etish uchun Sochi shahriga jo‘nab ketdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Akademik litseyning “Xorijiy tillar” (xitoy tili) yo‘nalishi 2-bosqich o‘quvchisi Tajibayev Amir Taxirovich Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo‘nab ketdi. U O‘zbekiston nomidan ishtirok etish uchun topshirilgan 3000 mingdan ziyod nomzodlar orasidan tashkiliy qo‘mita tomonidan saralab olingan 100 nafar nomzodlar qatorida 2024-yilning 28-fevral – 8-mart kunlari Butunjahon yoshlar festivali doirasida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga taklif etilgan. Ma’lumot uchun, Butunjahon yoshlar festivali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 1—7-mart kunlari “Sirius” federal hududida o‘tkaziladi va fan, ijod, sport va siyosatda muvaffaqiyatlarga erishgan…

Continue ReadingTDPU Akademik litseyining o’quvchisi Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etish uchun Sochi shahriga jo‘nab ketdi