“Barkamol avlod – 2023” sport musoboqalarining “Gandbol” turi bo‘yicha TDPU akademik litseyining jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir.          Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod - 2023” sport musoboqalarining “Gandbol” turi bo‘yicha Toshkent shahar hududiy bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba bilan akademik litsey sport jamoasini muborakbod etib, musoboqaning Respublika bosqichida ulkan zafarlar tilab…

Continue Reading“Barkamol avlod – 2023” sport musoboqalarining “Gandbol” turi bo‘yicha TDPU akademik litseyining jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

 “Andisha va g’urur” romani asosida ingliz tilidagi kitobxonlik kechasi  bo’lib o’tdi. 

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida ingliz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Jane Austenning “Andisha va g’urur” romani asosida ingliz tilidagi kitobxonlik kechasi  bo’lib o’tdi. Tadbir litseyning ingliz tili o’qituvchilari Eldor Matkarimov va Nargiza Mardiyeva tomonidan tashkil etildi. Unda o’quvchilar o’z  bilim va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishdi. Tadbirda kitob haqida turli ma’lumotlar, ushbu asar asosida yaratilgan “Andisha va g’urur” (Pride and prejudice) filmidan parcha hamda o’quvchilar ishtirokidagi ajoyib sahna ko’rinishi namoyish etildi. Shuningdek, qiziqarli o’yinlar tashkil etilib, barchaga yuqori kayfiyat ulashildi. Kitobxonlik tadbiri o’quvchilarni…

Continue Reading “Andisha va g’urur” romani asosida ingliz tilidagi kitobxonlik kechasi  bo’lib o’tdi. 

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida juda qiziqarli kitobxonlik kechasi tashkil qilindi. 

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

23-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida juda qiziqarli kitobxonlik kechasi tashkil qilindi. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do’stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o’qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlaydi. Tadbir O’zbekiston xalq yozuvchisi,  O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning “Jimjitlik” romani tahliliga  bag’ishlangan bo’lib, unda ezgulik va yovuzlikning abadiy kurashi, sho‘rolar davridagi adolatsizlik, rahbarlarning poraxo‘rligi, oddiy mehnatkash xalqning hayoti va taqdiri muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tadbir mehmoni sifatida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika…

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida juda qiziqarli kitobxonlik kechasi tashkil qilindi. 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. 

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. Unda litseyning 2-bosqich o’quvchilari ishtirok etishdi. Intellektual o’yin qatnashuvchilarini jami 5 ta jamoa tashkil etdi: “Diamond”, “Legends”, “Exclusive”, “Yuksalish”, “Renessans”. O’yinda jamoalar mantiqiy, ilm-fan, texnologiya, san’at, madaniyat, tarixga oid ko’plab qiziqarli savollarga belgilangan vaqt ichida javob berishdi. O’quvchilar ushbu jarayonda o’z intellektual salohiyatlari va tezkorliklarini namoyon qilishdi. O’yin yakunida har bir jamoa to’plagan ballar e’lon qilindi. Eng yuqori natija ko’rsatgan jamoa “Yuksalish” g’alaba qozondi. Jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Zakovat” intellektual o’yini o’quvchilar…

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. 

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tuman bo‘limi vakillari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi orkestri jamoasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, chora-tadbirlar va ularning ahamiyati xususida alohida to‘htalib o‘tildi. Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan raqs, she’r va qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etildi. Shu jumladan,…

Continue Reading“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Barkamol avlod – 2023” dasturidagi sportning “Voleybol” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional ta'lim muassasalari   o‘rtasida  “Barkamol avlod - 2023” dasturidagi sportning “Voleybol” turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent  shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining jamoasi ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Continue Reading“Barkamol avlod – 2023” dasturidagi sportning “Voleybol” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

 “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida ikki buyuk shaxs Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlar munosabati bilan “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘quvchilar jamoalarga birlashgan holda Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan savollarga javob berishdi. Intellektual o‘yin yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otib, hayajonli va zavqli jarayonga aylandi. O‘yin hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Eng yuqori ball to‘plagan jamoa 108-guruh o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari…

Continue Reading “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

«Barkamol avlod-2023» dasturi doirasida «Belbog’li kurash» bo’yicha musobaqa o’tkazildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional   maktablar  o‘rtasida  “Barkamol avlod - 2023” dasturidagi sportning  “ Belbog‘li kurash” turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent  shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyning 2-bosqich o’quvchisi Urinov Muhammadjon  ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Continue Reading«Barkamol avlod-2023» dasturi doirasida «Belbog’li kurash» bo’yicha musobaqa o’tkazildi

Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi o’qituvchisi xalqaro ko’rik-tanlovda taqdirlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Davlat va jamiyat hayotida faol bo'lib, turli sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan, sharafli kasbiga sadoqatli va fidoyi harbiylar, pedagoglar, shifokorlar, san'at va madaniyat xodimlari, jurnalistlar hamda boshqa soha vakillarini munosib rag'batlantirish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan "ENG YAXSHI XIZMATLARI UCHUN" nomli xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchi NURMURADOVA DILOVAR BOXADIROVNA faol qatnashib, ko'rik tanlovning medal, medal guvohnomasi, sertifikati, qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi o’qituvchisi xalqaro ko’rik-tanlovda taqdirlandi

TDPU akademik litseyida Koreya milliy yangi yil bayrami nishonlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2024-yilning 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi bilan hamkorlikda Koreya milliy yangi yil bayrami (설날) tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram Koreyaning milliy madaniyati va urf-odatlarini aks ettirib beradigan bayramlardan biridir.   Tadbirda Toshkent shahridagi Koreya Ta’lim markazi direktori Pang Ju-Man (팩주만) mahalliy koreys tili maktabi mas’ul xodimi Marina Kim hamda Kimyo xalqaro universiteti stajyor-tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyida Koreya milliy yangi yil bayrami nishonlandi