«Qadriyatlaring boqiy bo’lsin Navro’z» shiori ostida tadbir o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida "Qadriyatlaring boqiy bo'lsin Navro'z" shiori ostida tadbir o'tkazildi. Bayram ko'tarinki ruhda tashkil etilib,  unda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an'analarimiz aks etgan  ko'rgazmali chiqishlar, raqslar ijro etildi. Tadbir so'ngida o'quvchilar  akademik litsey ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Continue Reading«Qadriyatlaring boqiy bo’lsin Navro’z» shiori ostida tadbir o’tkazildi