Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida koreyalik volontyorlar ishtirokida qiziqarli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

14-may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida koreyalik volontyorlar ishtirokida qiziqarli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida volontyorlar koreys madaniyati, urf-odatlari va tiliga oid ko‘rgazmali o‘yinlar hamda interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarni o‘z madaniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdi. Ular samimiy mehmondo‘stlik va quvonchli muhit yaratib, kichik sovg‘alari bilan barchaning kayfiyatini ko‘tardilar. Tadbirda litsey rahbariyati ham faol ishtirok etdi.

Continue ReadingToshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida koreyalik volontyorlar ishtirokida qiziqarli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Talabalar almashuvi” dasturi doirasida muzokara bo’lib o’tdi

2025-yilning 12-may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan“Talabalar almashuvi” dasturi doirasida KoreyaRespublikasining ta’lim markazi vakillari va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyirahbariyati o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.

Continue Reading“Talabalar almashuvi” dasturi doirasida muzokara bo’lib o’tdi

9 may – Xotira va qadrlash kuni

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahallasida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarini e’zozlab, ularni bayram bilan tabriklashdi. Jumladan, Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahallasida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriysi Azarnina Nadejda Antonovnaning yashash xonadoniga tashrif buyurilib,…

Continue Reading9 may – Xotira va qadrlash kuni