Akademik litseylarga kirish test sinovlari o’tkazilish sanasi va vaqti aniq bo’ldi
Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi. Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:🟢birinchi smena soat 9:00 da;🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi. ❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.