Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti akademik litseyida ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda. Joriy yilning 15 may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta‘limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi e‘lon qilingan edi. Mazkur dastur doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilishi belgilab berilgan. Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti akademik litseyida shaxmat-shashka, futbol, basketbol, tennis, xorijiy tillarni o‘rganish, komputer savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etmoqda. O‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, yo‘nalish tanlashgan. Bu bilan ular fanlarni yanayam yaxshiroq o‘zlashtirishadi, jamoat ishlaridagi faolligi ko‘proq seziladi.


