SIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR tadbiri jarayonidan

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

✅ 2025-yil 30-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O‘zMPU akademik litseyida 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag’ishlab, “Sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar” nomli badiiy tadbir bo’lib o’tdi.  ❇️ Tadbirni muassasa rahbari F.A.Nazarova ochib berib, barcha pedagog-xodimlarni tabriklab, kelajak avlodlarga ta'lim-tarbiya berishda aslo charchamasliklarini ta’kidlab o’tdi. ✅ Tadbirda qadri baland ustozlarni madh etuvchi ash’orlar, diltortar kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar barcha ustozlarning, tomoshabinlarning kayfiyatlarini yuqori bo’lishida xizmat qildi.  ❇️ Tadbirda ustozlar uchun kutilmagan chiqishlar, devoriy gazetalar tanlovi g’oliblari ham munosib taqdirlandi.  ✅ Baxtimizga hamisha omon bo’ling aziz ustozlar!

Continue ReadingSIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR tadbiri jarayonidan

«KELAJAK KASBI» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

✅ 2025-yil 26-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida Prezidentning 5 tashabbusi doirasida “KELAJAK KASBI” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida tadbir o'tkazildi.  ❇️ Tadbirda akademik litseyning 2016-yil bitiruvchisi, professional spiker, kinoprodyuser Ibragimov Adadi boshchiligidagi jamoa ishtirok etdi.  ✅ Kinoprodyuser A.Ibragimov yuqoridagi mavzuning mazmun-mohiyatini slayt orqali aniq hamda asosli dalillar orqali o’quvchi-yoshlarga yetkazdi.  ❇️  Shuningdek, mavzu doirasida interaktiv metodlar, savol-javoblar orqali fikr almashildi, takliflar berildi va qizg’in bahs-munozaralarga boy bo’ldi.  ✅ В академическом лицее Национального педагогического университета Узбекистана имени Низами в рамках  «5 инициатив Президента» состоялась встреча…

Continue Reading«KELAJAK KASBI» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

«ZAKOVAT»NING I MAVSUM 2-SONI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

🔵 2025-yil 24-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida "Zakovat" to'garagining 2-soni yuqori kayfiyatda o'tkazildi.  🟢 O'yinda quyidagi "Legenda" (101-gr), "Tafakkur" (103-gr), "Akademiklar" (105-gr), "Intellekt" (106-gr), "Yangi O'zbekiston yoshlari" (107-gr), "Franklin" (108-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi.  🟣 O’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga 4 ta jamoa bilimdonlari sandiqchada “ko’zgu” borligini to’g’ri topib, o’z jamoasiga ochko yozdirdi.   ⭕️ O'yin natijalariga ko'ra: 🟡 "Yangi O'zbekiston yoshlari" – 4 ochko, "Tafakkur" - 5;               "Intellekt" – 6,…

Continue Reading«ZAKOVAT»NING I MAVSUM 2-SONI JARAYONIDAN

«ZAKOVAT»NING 1 MAVSUMIGA START BERILDI

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

✅ 2025-yil 17-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida "Zakovat" to'garagining ilk soni yuqori kayfiyatda o'tkazildi.  ❇️ Tadbirni YBIBDO' Sh.Qodirova ochib berib, ezgu tilaklar bildirib, barcha jamoalarga omadlar tiladi.  ✅ O'yinda quyidagi "Future furor" (101-gr), "Tafakkur" (103-gr), "Akademiklar" (105-gr), "Intellekt" (106-gr), "Yangi O'zbekiston" (107-gr), "Fikr kuchi" (108-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi.  ❇️ Har bir raund qizg'in bahs-munozaraga hamda yuqori atmosferaga boy bo'ldi.  ⭕️ O'yin natijalariga ko'ra: ✅ "Akademiklar" hamda "Intellekt" jamoalari - 4 ochko; "Future furor" - 5; "Tafakkur" - 6; "Yangi…

Continue Reading«ZAKOVAT»NING 1 MAVSUMIGA START BERILDI

Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyida Koreya madaniyatiga bag’ishlangan festival bo’lib o’tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyida Koreya madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi. Festivalga Koreyaning Deogu shahri ta’lim vaziri va Koreya ta’lim markazi bo‘lim boshliqlari hamda Koreyalik o’quvchilar tashrif buyurishdi. Festival doirasida o‘quvchilar tomonidan mashhur kaver-raqslar, koreys an’anaviy musiqasi (gugak), hanbok kiyib ko‘rish, yelpig‘ich yasash, koreys taomlaridan tatib ko‘rish, shirinliklar tayyorlash, koreys tilida ism yozish, xalq o‘yinlari namoyish etildi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyida Koreya madaniyatiga bag’ishlangan festival bo’lib o’tdi