Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti akademik litseyida Koreya madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi. Festivalga Koreyaning Deogu shahri ta’lim vaziri va Koreya ta’lim markazi bo‘lim boshliqlari hamda Koreyalik o’quvchilar tashrif buyurishdi. Festival doirasida o‘quvchilar tomonidan mashhur kaver-raqslar, koreys an’anaviy musiqasi (gugak), hanbok kiyib ko‘rish, yelpig‘ich yasash, koreys taomlaridan tatib ko‘rish, shirinliklar tayyorlash, koreys tilida ism yozish, xalq o‘yinlari namoyish etildi.








