✅ 2025-yil 30-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O‘zMPU akademik litseyida 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag’ishlab, “Sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar” nomli badiiy tadbir bo’lib o’tdi.
❇️ Tadbirni muassasa rahbari F.A.Nazarova ochib berib, barcha pedagog-xodimlarni tabriklab, kelajak avlodlarga ta’lim-tarbiya berishda aslo charchamasliklarini ta’kidlab o’tdi.
✅ Tadbirda qadri baland ustozlarni madh etuvchi ash’orlar, diltortar kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar barcha ustozlarning, tomoshabinlarning kayfiyatlarini yuqori bo’lishida xizmat qildi.
❇️ Tadbirda ustozlar uchun kutilmagan chiqishlar, devoriy gazetalar tanlovi g’oliblari ham munosib taqdirlandi.
✅ Baxtimizga hamisha omon bo’ling aziz ustozlar!





