2025-yil 8-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU universiteti akademik litseyida «Zakovat» to’garagining 3-soni yuqori kayfiyatda o’tkazildi.
🟪 O’yinda quyidagi «Legenda» (101-gr), «Tafakkur» (103-gr), «Akademiklar» (105-gr), «Intellekt» (106-gr), «Yangi O’zbekiston yoshlari» (107-gr), «Franklin» (108-gr), “Navoiyshunoslar” jamoalari qatnashdi.
🟩 O’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga 2 ta jamoa bilimdonlari sandiqchada “sanchqi” borligini to’g’ri topib, o’z jamoasiga ochko yozdirdi.
🟨 O’yinda Alisher Navoiy nomidagi universitet amaliyotchilari ham o’z jamoasi bilan faol ishtirok etdi.
⭕️ O’yin natijalariga ko’ra:
🟧 “Franklin” – 2 ochko, «Tafakkur» – 6; «Intellekt» – 6, «Yangi O’zbekiston yoshlari» – 6, «Akademiklar» hamda “Navoiyshunoslar” jamoalari 8 ochko to’plagan bo’lsa, 101-guruhning «Legenda» jamoasi – 9 ochko to’plab o’yin g’olibiga aylandi.
🔰 To’garak faoliyati haftaning har Chorchanba kuni o’tkaziladi.






