“ENG ZUKKO KITOBXON” TANLOVINING I BOSQICH JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 24-noyabr kuni Niozomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida o’zuvchilar o’rtasida ilk marotaba “ENG ZUKKO KITOBXON” tanlovi bo’lib o’tdi. 🔵 Tanlov ishtirokchilari 1-shart bo’yicha o’zi sevgan allomasi, shoir-u yozuvchilari haqidagi eng noyob ma’lumotlarni hakamlar hay’atining qo’shimcha savollari bilan o’ziga ishonch ila gapirib berdi. 🟢 Tanlovning I bosqichi yuqori haroratdagi kayfiyat bilan o’tdi. 🟡 Barcha ishtirokchilar bu tanlov orqali o’zlariga eng yaqin, eng bilimli, eng zukko do’stlar bilan tanishganlarni o’z fikrlarida aytib o’tishdi. 🟣 Tanlovda ishtirok etgan barcha…

Continue Reading“ENG ZUKKO KITOBXON” TANLOVINING I BOSQICH JARAYONIDAN

«XALQ SUYGAN SHOIRA VA YOSHLAR UCHRASHUVI» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 24-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida O’zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning turmush o’rtog’i Nazira as-Salom bilan diydor uchrashuvi o’tkazildi. 🔶 Ijodiy kechani akademik litsey rahbari F.Nazarova ochib berib, M.Yusuf ijodiga bo’lgan cheksiz hurmatini shoir haqidagi iliq fikrlarida aytib o’tdi. 🔷 “Oltin qalam” gazetasi bosh muharriri, Muhammad Yusuf nomidagi fond rahbari, shoira Nazira as-Salom o’z ijodi yo’li, shuningdek, M.Yusuf bilan o’tgan shirin xotiralarni yodga olib, shoirning eng yangi sh’erlaridan o’quvchi-yoshlarga aytib berdi. 🔶 Ijodiy kechada M.Yusufning eng sara she’rlari o’quvchi-yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro…

Continue Reading«XALQ SUYGAN SHOIRA VA YOSHLAR UCHRASHUVI» TADBIRI JARAYONIDAN

«INGLIZ TILI HAFTALIGI O’QUVCHILAR NIGOHIDA» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 24-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida ingliz tili haftaligiga start berildi. 🏵 Ingliz tili haftaligining ilk kunida fan o’qituvchilari tomonidan bir-biridan qiziqarli ma’lumotlar, interaktiv o’yinlar o’quvchi-yoshlar e’tiboriga havola etildi. 🎗O’quvchi-yoshlar tomonidan faollik juda yuqori bo’lish bilan birga, o’z tengdoshlarining ingliz tilini qay darajada bilishlari uchun qo’llagan qiziqarli o’yinlari katta qiziqish uyg’otdi. 💎 Reja asosida ingliz tili haftaligi davom etadi va biz ishtirok etishda, kuzatishda faol bo’lamiz.

Continue Reading«INGLIZ TILI HAFTALIGI O’QUVCHILAR NIGOHIDA» TADBIRI JARAYONIDAN

“Jinoyatchilik va giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi va ekstremistik oqim g’oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarini oldini olish” mavzusida tadbir o’tkazildi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida                      “Jinoyatchilik va giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi va ekstremistik oqim g’oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarini oldini olish” mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida giyohvandlik, terrorizm va nashidalar haqidagi videoroliklar o’quvchi-yoshlarga namoyishi etildi va tadbir yakunida o’quvchilarga sog’lom turmush tarziga rioya qilishlarini, mustahkam irodaga ega bo’lishlarini, Amir Temur, A. Navoiy, Nodiralar avlodiga munosib bo’lishlarini, eng asosiysi to’g’ri qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha soha mutaxassislari tomonidan tavsiyalar…

Continue Reading“Jinoyatchilik va giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi va ekstremistik oqim g’oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarini oldini olish” mavzusida tadbir o’tkazildi.

«KITOBXONLIK VA O’QUVCHI-YOSHLAR» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 21-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida katta tanaffus jarayonida tadbir bo'lib o'tdi. 🟢 "Ona tili va adabiyot haftaligi" doirasida tadbir ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi D.Saparova hamda 106-guruh o'quvchilari tomonidan tashkil etildi. 🔴 O'quvchilarni kitobga qiziqtirish va badiiy asar tahliliga o'rgatish maqsadida qiziqarli topshiriqlar va interaktiv o'yinlar bilan sinovdan o'tkazildi. 🟣 Savol-javoblardan o'tgan va g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Continue Reading«KITOBXONLIK VA O’QUVCHI-YOSHLAR» TADBIRI JARAYONIDAN

«JINOYATCHILIK, GIYOHVANDLIK MODDALARI HAMDA EKSTREMISTIK G’OYALARIGA QARSHI KURASHISH» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 21-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchilari F.H.Axmedov hamda G’.I.Xudoyberganovlar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. ❇️ Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori F.A.Nazarova ochib berib, mavzu doirasida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. ✅ Mutaxassislar tomonidan giyohvand moddalar, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi ularni saqlash, tarqatish va iste’mol qilishning Qonundagi javobgarligi xususida batafsil ma'lumot berildi. ❇️ Shuningdek, diniy ektremistik va radikal oqimlarning yoshlarni o’z safiga jalb qilishda qo’llaydigan aldov usullari hamda shubhali takliflarga ishonmaslik, aldanib qolmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berib o’tildi. ✅ Bunday tadbirlar o'quvchi-yoshlarni…

Continue Reading«JINOYATCHILIK, GIYOHVANDLIK MODDALARI HAMDA EKSTREMISTIK G’OYALARIGA QARSHI KURASHISH» TADBIRI JARAYONIDAN

KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI AKADEMIK LITSEY FAOLIYATIDA

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 20-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida oylik doirasida “Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. ❇️ Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB ATSJOOB inspektori katta leytenant B.U.Tangirov va katta leytenant A.J.To’raqulovlar ishtirok etdi. ✅ Soha mutaxassislari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati, ijobiy va salbiy oqibatlari haqida gapirib o'tdi. ❇️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan boshqa manfaatda foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning ertangi kelajagiga juda katta ta’siri borligini hayotiy misollar orqali tushuntirib o’tdi.

Continue ReadingKIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI AKADEMIK LITSEY FAOLIYATIDA

«ZAKOVAT»NING I MAVSUM 9-SONI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 19-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida "Zakovat" to'garagining I mavsum 9-soni yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi. ♻️ O'yinda quyidagi "Legenda" (101-gr), "Tafakkur" (103-gr), "Akademiklar" (105-gr), "Intellekt" (106-gr), "Yangi O'zbekiston yoshlari" (107-gr), "Franklin" (108-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi. 🔥 O’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqchasi” raund savoliga ya’ni sandiqchada “saqich” borligini 2 ta jamoa to’g’ri topib o’z jamoasiga ochko yozdirdi. 🔴 O’yin natijalariga ko'ra: ⚽️ “Legenda” - 4;🏀 “Tafakkur” - 4;⚾️ “Yangi O’zbekiston yoshlari” - 4;🥎 “Intellekt” – 6;🏐 “Franklin”- 7;🏈 Mehmon jamoa…

Continue Reading«ZAKOVAT»NING I MAVSUM 9-SONI JARAYONIDAN

«KOREYS MADANIYATI O’QUVCHILAR NIGOHIDA» TADBIRI JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 19-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litsey koreys tili yo’nalishi o’quvchilari ishtirokida “Koreys madaniyati” mavzusida interaktiv tadbir bo’lib o’tdi. 🎎 Tadbir Koreyalik volontyor, Koreys tili fani o’qituvchisi Shin Jinhye hamda 207-208-guruh o’quvchilari hamkorligida o’tkazildi. 🏮Tadbirda o’quvchilar tomonidan Koreya davlatining milliy kiyimlaridan “Hanbok”ning har xil ko’rinishlari maxsus rangli qog’ozlar yordamida yasaldi va haqiqiy liboslar kiyib ko’rildi. 🩸Bu tadbir orqali o’quvchilar Koreya xalqining milliy madaniyatiga, urf-odatlariga bo’lgan hurmat-izzati yanada oshib boradi.

Continue Reading«KOREYS MADANIYATI O’QUVCHILAR NIGOHIDA» TADBIRI JARAYONIDAN

«BAYROG’IM-G’URURIM» NOMLI TADBIR JARAYONIDAN

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2025-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kunning 34 yilligiga bag’ishlab “Bayrog’im – g’ururim” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. 🇺🇿 Tadbirda davlat bayrog'ining o'tmish tarixi, belgilari, ranglarning o'ziga xos ma'nolari batafsil aytib o'tildi. 🇺🇿 Tadbirda davlat bayrog'ini tarannum etuvchi ash'orlar o'quvchilar tomonidan ijro etildi. 🇺🇿 Bunday tadbirlar o'quvchilar qalbiga davlat ramzlariga bo'lgan mehrni, hurmatni va, albatta, burchni yanada oshishiga xizmat qiladi.

Continue Reading«BAYROG’IM-G’URURIM» NOMLI TADBIR JARAYONIDAN