2025-yil 19-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litsey koreys tili yo’nalishi o’quvchilari ishtirokida “Koreys madaniyati” mavzusida interaktiv tadbir bo’lib o’tdi.
🎎 Tadbir Koreyalik volontyor, Koreys tili fani o’qituvchisi Shin Jinhye hamda 207-208-guruh o’quvchilari hamkorligida o’tkazildi.
🏮Tadbirda o’quvchilar tomonidan Koreya davlatining milliy kiyimlaridan “Hanbok”ning har xil ko’rinishlari maxsus rangli qog’ozlar yordamida yasaldi va haqiqiy liboslar kiyib ko’rildi.
🩸Bu tadbir orqali o’quvchilar Koreya xalqining milliy madaniyatiga, urf-odatlariga bo’lgan hurmat-izzati yanada oshib boradi.




