You are currently viewing «JINOYATCHILIK, GIYOHVANDLIK MODDALARI HAMDA EKSTREMISTIK G’OYALARIGA QARSHI KURASHISH» TADBIRI JARAYONIDAN

«JINOYATCHILIK, GIYOHVANDLIK MODDALARI HAMDA EKSTREMISTIK G’OYALARIGA QARSHI KURASHISH» TADBIRI JARAYONIDAN

2025-yil 21-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchilari F.H.Axmedov hamda G’.I.Xudoyberganovlar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.

❇️ Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori F.A.Nazarova ochib berib, mavzu doirasida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi.

✅ Mutaxassislar tomonidan giyohvand moddalar, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi ularni saqlash, tarqatish va iste’mol qilishning Qonundagi javobgarligi xususida batafsil ma’lumot berildi.

❇️ Shuningdek, diniy ektremistik va radikal oqimlarning yoshlarni o’z safiga jalb qilishda qo’llaydigan aldov usullari hamda shubhali takliflarga ishonmaslik, aldanib qolmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berib o’tildi.

✅ Bunday tadbirlar o’quvchi-yoshlarni ogohlikka chaqirib, sog’lom turmush tarzi tarafdori bo’lish kerakligini o’rgatadi.

Fikr bildirish