2025-yil 21-noyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida katta tanaffus jarayonida tadbir bo’lib o’tdi.
🟢 «Ona tili va adabiyot haftaligi» doirasida tadbir ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Saparova hamda 106-guruh o’quvchilari tomonidan tashkil etildi.
🔴 O’quvchilarni kitobga qiziqtirish va badiiy asar tahliliga o’rgatish maqsadida qiziqarli topshiriqlar va interaktiv o’yinlar bilan sinovdan o’tkazildi.
🟣 Savol-javoblardan o’tgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.






