Asosiy fan olimpiadalarining III-Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
2022-yilning 6-dekabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta’lim maktabida asosiy fan olimpiadalarining III-Toshkent Shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchilari Ataxodjayeva Nazokatxon Muxtorxo‘ja qizi 1-o‘rin (tarix) va Ibrahimova Zuhraxon Ixtiyor qizi 2-o‘rin (tarix) g‘oliblari sifatida diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
G‘oliblarga diplom va mukofotlarni Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Xusanboyeva topshirdi.

