Bugun 2023-yilning 24-mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida joriy yilning 30-aprelʼ kuni Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqealik – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qaroriga asosan o’tkaziladigan referendumning mazmun mohiyati bo’yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qiladi. Unda eng avvalo “Inson qadri uchun” gʻoyasi ustuvor yoʻnalish sifatida belgilangani katta ahamiyatga ega. Ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb oʻzgartirish, yaʼni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qoʻyishni maqsad qilgan. Bu oʻzgarishlar fuqarolarning huquqlarini himoyalash va Oʻzbekistonni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

