Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida 5 tashabbus doirasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida tadbir tashkil qilindi. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlaydi.
Tadbir taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asariga bag‘ishlangan bo‘lib unda ko‘tarilgan mavzuning dolzarbligi ko‘rildi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘zlangan maqsadlarga erishildi, tadbir ishtirokchilariga kitoblar va esdalik sovg‘alari berildi.



