Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida har yili bo’lib o’tadigan “Barkamol avlod” sport o’yinlari ham, bugungi kunda tizimning barcha bo’g’inlarida muhim ahamiyatni kasb etib, tobora nufuzi va ommaviyligi oshib borayotgan tadbirlardan biri sanaladi.
Sirdaryo viloyati «Alpomish sport majmuasi»da Respublika akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o’quvchi-yoshlari o’rtasida «Barkamol avlod» sport o’yinlarining «Badminton» sport turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Mazkur sport musobaqada “Barkamol avlod – 2023” Toshkent shahar bosqichi g’olibi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining o’quvchisi Eshnazarova Sarvinoz faol ishtirok etdi.



