You are currently viewing  “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

 “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida ikki buyuk shaxs Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlar munosabati bilan “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘quvchilar jamoalarga birlashgan holda Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan savollarga javob berishdi. Intellektual o‘yin yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otib, hayajonli va zavqli jarayonga aylandi. O‘yin hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Eng yuqori ball to‘plagan jamoa 108-guruh o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Fikr bildirish