You are currently viewing “Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

“Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda litseyning o’quvchi-qizlari faol ishtirok etib, o’zlarining intellektual salohiyatlari, ijodkorlik qirralari, turli sohalarga oid qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tanlovda jami 5 ta shart: tanishtiruv, moda namoyishi, intellektual shart, erkin mavzu va aktyorlik mahorati shartlari bo’yicha qizlar o’zlarining yorqin, ajoyib chiqishlarini taqdim etishdi. Erkin mavzu shartida qizlar har birlari o’zlarining musiqa, notiqlik, tasviriy san’at, dizaynerlik, she’riyat, aktyorlik va raqs san’atiga oid iste’dodlarini namoyish etishdi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Ko’rik-tanlovda 108-guruh o’quvchisi Dono  Djaynarova g’oliblikni qo’lga kiritdi va “Bahor malikasi” deb topildi. Har bir ishtirokchi qizlar nominatsiyalar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qadrli qizlar, har biringiz ajoyib, iste’dodli va betakror malikalarsiz! Biz siz bilan faxrlanamiz!

Fikr bildirish