Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar bilan psixologik mashg’ulot o’tkazildi. Unda o’quvchilar psixolog boshchiligida jamoaviy tarzda qiziqarli jarayonlarda birlashib, o’zlarini va guruhdosh do’stlarini psixologik tomondan kashf etish, o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Ayniqsa, “Ochiq mikrofon” psixologik o’yini o’quvchilarda alohida qiziqish uyg’otdi. Mashg’ulot o’quvchilarni zavqli va do’stona muhitda birlashtirdi.
Aytish joizki, bu kabi jamoaviy mashg’ulotlar guruh jipsligi, o’zaro muloqot, o’zi va atrofdagilarni tushunish va umuman olganda, sog’lom psixologik muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.




