You are currently viewing 9 may – Xotira va qadrlash kuni

9 may – Xotira va qadrlash kuni

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.

“9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahallasida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarini e’zozlab, ularni bayram bilan tabriklashdi. Jumladan, Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahallasida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriysi Azarnina Nadejda Antonovnaning yashash xonadoniga tashrif buyurilib, unga hurmat va e’tibor ko‘rsatildi.

Fikr bildirish