You are currently viewing Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida koreyalik volontyorlar ishtirokida qiziqarli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida koreyalik volontyorlar ishtirokida qiziqarli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

14-may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida koreyalik volontyorlar ishtirokida qiziqarli madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida volontyorlar koreys madaniyati, urf-odatlari va tiliga oid ko‘rgazmali o‘yinlar hamda interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarni o‘z madaniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdi. Ular samimiy mehmondo‘stlik va quvonchli muhit yaratib, kichik sovg‘alari bilan barchaning kayfiyatini ko‘tardilar.

Tadbirda litsey rahbariyati ham faol ishtirok etdi.

Fikr bildirish