Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

