You are currently viewing «ZAKOVAT»NING 1 MAVSUMIGA START BERILDI

«ZAKOVAT»NING 1 MAVSUMIGA START BERILDI

2025-yil 17-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida «Zakovat» to’garagining ilk soni yuqori kayfiyatda o’tkazildi. 

❇️ Tadbirni YBIBDO’ Sh.Qodirova ochib berib, ezgu tilaklar bildirib, barcha jamoalarga omadlar tiladi. 

✅ O’yinda quyidagi «Future furor» (101-gr), «Tafakkur» (103-gr), «Akademiklar» (105-gr), «Intellekt» (106-gr), «Yangi O’zbekiston» (107-gr), «Fikr kuchi» (108-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi. 

❇️ Har bir raund qizg’in bahs-munozaraga hamda yuqori atmosferaga boy bo’ldi. 

⭕️ O’yin natijalariga ko’ra:

✅ «Akademiklar» hamda «Intellekt» jamoalari – 4 ochko; «Future furor» – 5; «Tafakkur» – 6; «Yangi O’zbekiston» – 7 ochko to’plagan bo’lsa, 108-guruhning «Fikr kuchi» jamoasi 10 ochko to’plab o’yin g’olibiga aylandi. 

✅ O’yin yakunida bilimdonlarning jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasi, bu to’garakning o’rni beqiyos ekanligi o’quvchilarning bildirgan fikr-mulohazalarida yaqqol ko’rindi.

Fikr bildirish