You are currently viewing SIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR tadbiri jarayonidan

SIZGA TA’ZIMDAMIZ, AZIZ USTOZLAR tadbiri jarayonidan

2025-yil 30-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O‘zMPU akademik litseyida 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag’ishlab, “Sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar” nomli badiiy tadbir bo’lib o’tdi. 

❇️ Tadbirni muassasa rahbari F.A.Nazarova ochib berib, barcha pedagog-xodimlarni tabriklab, kelajak avlodlarga ta’lim-tarbiya berishda aslo charchamasliklarini ta’kidlab o’tdi.

✅ Tadbirda qadri baland ustozlarni madh etuvchi ash’orlar, diltortar kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar barcha ustozlarning, tomoshabinlarning kayfiyatlarini yuqori bo’lishida xizmat qildi. 

❇️ Tadbirda ustozlar uchun kutilmagan chiqishlar, devoriy gazetalar tanlovi g’oliblari ham munosib taqdirlandi. 

✅ Baxtimizga hamisha omon bo’ling aziz ustozlar!

Fikr bildirish