You are currently viewing «ZAKOVAT»NING I MAVSUM 2-SONI JARAYONIDAN

«ZAKOVAT»NING I MAVSUM 2-SONI JARAYONIDAN

🔵 2025-yil 24-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida «Zakovat» to’garagining 2-soni yuqori kayfiyatda o’tkazildi. 

🟢 O’yinda quyidagi «Legenda» (101-gr), «Tafakkur» (103-gr), «Akademiklar» (105-gr), «Intellekt» (106-gr), «Yangi O’zbekiston yoshlari» (107-gr), «Franklin» (108-gr) jamoalari bilim borasida bellashdi. 

🟣 O’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga 4 ta jamoa bilimdonlari sandiqchada “ko’zgu” borligini to’g’ri topib, o’z jamoasiga ochko yozdirdi.  

⭕️ O’yin natijalariga ko’ra:

🟡 «Yangi O’zbekiston yoshlari» – 4 ochko, «Tafakkur» – 5;               «Intellekt» – 6, «Legenda» hamda “Franklin” jamoalari 8 ochko to’plagan bo’lsa, 105-guruhning «Akademiklar» jamoasi – 10 ochko to’plab o’yin g’olibiga aylandi. 

♻️ To’garak faoliyati haftaning har Chorchanba kuni o’tkaziladi.

Fikr bildirish