You are currently viewing «ZAKOVAT»NING I MAVSUM 3-SONI JARAYONIDAN

«ZAKOVAT»NING I MAVSUM 3-SONI JARAYONIDAN

2025-yil 8-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi O’zMPU universiteti akademik litseyida «Zakovat» to’garagining 3-soni yuqori kayfiyatda o’tkazildi. 

🟪 O’yinda quyidagi «Legenda» (101-gr), «Tafakkur» (103-gr), «Akademiklar» (105-gr), «Intellekt» (106-gr), «Yangi O’zbekiston yoshlari» (107-gr), «Franklin» (108-gr), “Navoiyshunoslar” jamoalari qatnashdi. 

🟩 O’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga 2 ta jamoa bilimdonlari sandiqchada “sanchqi” borligini to’g’ri topib, o’z jamoasiga ochko yozdirdi.  

🟨 O’yinda Alisher Navoiy nomidagi universitet amaliyotchilari ham o’z jamoasi bilan faol ishtirok etdi. 

⭕️ O’yin natijalariga ko’ra:

🟧 “Franklin” – 2 ochko,  «Tafakkur» – 6; «Intellekt» – 6, «Yangi O’zbekiston yoshlari» – 6, «Akademiklar» hamda “Navoiyshunoslar” jamoalari 8 ochko  to’plagan bo’lsa, 101-guruhning «Legenda» jamoasi – 9 ochko to’plab o’yin g’olibiga aylandi. 

🔰 To’garak faoliyati haftaning har Chorchanba kuni o’tkaziladi.

Fikr bildirish