Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyida 2025-yil 17-oktyabr kuni “O’zbek tiliga davlat tili” maqomi berilgan kunning 36 yilligiga bag’ishlab o’quvchi-yoshlar ishtirokida “SHOIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” tadbiri bo’lib o’tdi.
❇️ Tadbirda adabiyotshunos, shoir, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Zomin” seminari g’olibi, “Yoshlik” jurnali muharriri Bahodir Jovliyev tadbir mehmoni bo’ldi.
✅ Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tdi. Bunda o’quvchilar tomonidan shoirning eng sara she’rlari ijro etildi, qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
❇️ Shoirning o’zi tomonidan aytilgan ash’orlar, fikr-mulohazalar tadbir fayziga fayz qo’shdi.
✅ Tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchi-yoshlar shoirning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
❇️ Bunday shoir-u, yozuvchilar bilah o’tkaziladigan uchrashuvlar o’quvchi-yoshlarni o’z ona tiliga, adabiyotiga bo’lgan qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi.





