Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soat”i rukni ostida “Ma’rifat soatlari” darslari o‘tkazilib kelinmoqda.
❇️ Jumladan, 2025-yil 17-noyabr kuni akademik litseyining barcha akadem guruhlarida “Kelajak soati” darslari mas’ul guruh rahbarlari ishtirokida olib borildi.
✅ “Bag’rikenglik” mavzusi bo’yicha tayyorlangan materiallar barcha guruh rahbarlariga tarqatildi.
❇️ Berilgan mavzu mas’ullar tomonidan o’rganildi, tahlil qilindi, eng muhim ma’lumotlar daftarga qoralandi.
✅ «Bag’rikenglik» tushunchasining mazmun-mohiyati, insonning eng ulug’ fazilatlaridan biri ekanligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.






