Biz haqimizda
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universiteti Akademik litseyi
Litsey tarixi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-maydagi PQ-633-sonli Qaroriga asosan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi sifatida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi nomi berilgan.







Yo'nalishlar va natijalar
Akademik litseyda xorijiy filologiya (ingliz, arab, xitoy, koreys tillari) aniq fanlar hamda ijtimoiy gumanitar fanlar yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Akademik litseyda o‘qish muddati 2 yil. Akademik litsey bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom va qo‘shimcha mutaxassislik ko‘rsatilgan sertifikat beriladi. Akademik litseyda 3 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda akademik litseyda 18 ta guruh mavjud. Umumiy o‘quvchilar soni 457 nafarni tashkil etadi.
Yo'nalishning asosiy maqsadi
O’quvchilarda xorijiy tilda erkin so‘zlasha olish, istalgan mavzuda suhbat qura olish malakasini shakllantirish, ona tilidan xorijiy tilga hamda xorijiy tildan ona tiliga erkin tarjima qila olish qobiliyatini o‘stirish orqali tarjimonlik mahoratini rivojlantirishdan iborat. O‘quv mashg‘ulotlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutlarining malakali va tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Bundan tashqari akademik litseyga Xitoy Xalq Respublikasidan 2 nafar, Koreya Pespublikasidan 1 nafar, Misr Arab Respublikasidan 1 nafar professor-o‘qituvchilar volontyor sifatida jalb qilingan.





Yaratilgan sharoitlar va hamkorliklar
Akademik litseyning moddiy texnik bazasi zamonaviy texnik jihozlar bilan etarli darajada ta’minlangan, auditoriyalar LCD monitorlari, elektron multimediya vositalari bilan jihozlangan. Axborot-resurs markazi esa internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘quvchilar undan nafaqat bilimlarini mustahkamlashda, balki xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda keng foydalanish imkoniyatiga egadirlar.
Akademik litsey ma’muriyati poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan Misr, BAA, Xitoy, Koreya va AQSH kabi xorijiy davlatlar elchixonalari va madaniy markazlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
IELTS va TOEFL, HSK dasturlari bo‘yicha maxsus kurslarni tamomlagan bitiruvchilarimiz Toshkent Xalqaro Vestminstr Universiteti, Turin politexnika instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti kabi xorijiy ta’lim muassasalarida, shuningdek, xalqaro grant tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Angliya, Rossiya, Malayziya, BAA, Koreya va Xitoy davlatlarining nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda.

Ota - onalar va 9-sinf bitiruvchilari ya'ni akademik litseyga hujjat topshirgan o'quvchilar diqqatiga
Akademik litseyimizda talabalar turar joyi ( yotoqxona ) mavjud emas.
Bizning O'qituvchilar

Abdujalilova Mamlakat Kuchkarovna
Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi

Malayeva Larisa Borisovna
Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi
Antonio Romano
Prof. Foreign Studies

Christy Johannsen
Prof. Arts & Humanities

Dave Carrey
Sports & Recreation

Marco Estavez
Prof. Environmental Science
2
Kafedralar
17
Guruhlar
416
O’quvchilar soni
33
O’qituvchilar
67
Umumiy xodimlar