“Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda litseyning o’quvchi-qizlari faol ishtirok etib, o’zlarining intellektual salohiyatlari, ijodkorlik qirralari, turli sohalarga oid qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tanlovda jami 5 ta shart: tanishtiruv, moda namoyishi, intellektual shart, erkin mavzu va aktyorlik mahorati shartlari bo’yicha qizlar o’zlarining yorqin, ajoyib chiqishlarini taqdim etishdi. Erkin mavzu shartida qizlar har birlari o’zlarining musiqa, notiqlik, tasviriy san’at, dizaynerlik, she’riyat, aktyorlik va raqs san’atiga oid iste’dodlarini namoyish etishdi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ko’rik-tanlovda 108-guruh o’quvchisi Dono …