“Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda litseyning o’quvchi-qizlari faol ishtirok etib, o’zlarining intellektual salohiyatlari, ijodkorlik qirralari, turli sohalarga oid qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tanlovda jami 5 ta shart: tanishtiruv, moda namoyishi, intellektual shart, erkin mavzu va aktyorlik mahorati shartlari bo’yicha qizlar o’zlarining yorqin, ajoyib chiqishlarini taqdim etishdi. Erkin mavzu shartida qizlar har birlari o’zlarining musiqa, notiqlik, tasviriy san’at, dizaynerlik, she’riyat, aktyorlik va raqs san’atiga oid iste’dodlarini namoyish etishdi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ko’rik-tanlovda 108-guruh o’quvchisi Dono …

Continue Reading“Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tuman bo‘limi vakillari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi orkestri jamoasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, chora-tadbirlar va ularning ahamiyati xususida alohida to‘htalib o‘tildi. Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan raqs, she’r va qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etildi. Shu jumladan,…

Continue Reading“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy - shoirlarning sultonidir” nomli ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi D.Jumashov taklif etildi. Tadbir yakunida “Alisher Navoiy ijodida Vatan madhi” mavzusida o‘tkazilgan insholar va  devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Continue ReadingAlisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

TDPU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida 5 tashabbus doirasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida tadbir tashkil qilindi. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlaydi.  Tadbir taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asariga  bag‘ishlangan bo‘lib unda ko‘tarilgan mavzuning dolzarbligi ko‘rildi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘zlangan maqsadlarga erishildi, tadbir ishtirokchilariga kitoblar va esdalik sovg‘alari berildi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2024 yilning 12 yanvar kuni Toshkent shahar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi. Yoshlar jamoalarga birlashgan xolda, turli shartlar bo‘yicha bellashishdi. Musobaqa davomida o‘quvchilar faol, jo‘shqinlik bilan ishtirok etdilar. Qatnashuvchilar yugurish, koptok uloqtirish, arqon tortish, sport toshlari ko‘tarish va shu kabi ko‘plab qiziqarli shartlarni bajarishdi. Musobaqa yakunida jamoalar esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar. Eng asosiysi, musobaqa yoshlarni ajoyib, zavqli va yuqori kayfiyatga ega atmosferada jamladi!

Continue ReadingVatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.

Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2023-yilning 22-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi. Unda akademik litsey o‘quvchilari tomonidan qiziqarli viktorinalar, tanlovlar, musiqiy lavhalar, sahnasi chiqishlari namoyish etildi. YANGI YIL barchamiz uchun omadlar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!!!

Continue ReadingYangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.

Tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflari

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan fanlaridan ikki yillik ta’lim tizimi uchun ilk bor tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ul xodimlari, darsliklar mualliflari hamda akademik litseylar ijrochi direktorlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Botirova Soliyaxon Ro’zivoevna ushbu darsliklar mualliflaridan biri sifatida mazkur tadbirda ishtirok etdi.

Continue ReadingTanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflari

“Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi stipendiyasi” dasturi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Bugun 2023 yil 25 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan iqtidorli yoshlar uchun tashkil etilgan “Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi stipendiyasi” dasturining taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.Ushbu tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o`quvchilari ham munosib taqdirlandilar. Stipendiyalar bilan taqdirlash marosimida Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun ishtirok etdi va iqtidorli yoshlarni stipendiya bilan shaxsan taqdirladi.Bugun 2023 yil 25 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan iqtidorli yoshlar uchun tashkil etilgan “Xitoy Xalq Respublikasining…

Continue Reading“Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi stipendiyasi” dasturi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Yakkasaroy tuman saralash bosqichi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Yakkasaroy tumanidagi Toshkent Texnologiya, Menejment va kommunikatsiya institutida Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Yakkasaroy tuman saralash bosqichida g‘olib bo‘lganlarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.???? Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, tuman IIO FMB bo‘lim boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Аbdumuxtor Malikov, hamda yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda tuman hokimi Allabergenova so‘zga chiqib, ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, yurtimiz kelajagi bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor eʼtirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli…

Continue ReadingZulfiya nomidagi davlat mukofotining Yakkasaroy tuman saralash bosqichi