Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan O‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 3 may kuni Koreya Respublikasi elchixonasi xamda Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2 nafar o‘quvchisi Abdulatifova Asal va Matqosimova Sevinch ishtirok etib “Eng mazmunli hikoya” va “Eng mohir notiq” nominatsiyalarida g‘olib deb topildilar. Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.