“Barkamol avlod» sport musobaqalarining hududiy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o’tdi

“Barkamol avlod" sport musobaqalarining hududiy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o'tdi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari umumjamoa hisobida “Barkamol avlod" sport musobaqalarining Toshkent shahar hududiy bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritdi.   Akademik litsey jamoasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 1-darajali diploma va estalik sovg’alari topshirildi. Akademik litsey jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz.

Continue Reading“Barkamol avlod» sport musobaqalarining hududiy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o’tdi

“Barkamol avlod» sport musobaqalarining respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o’tdi

“Barkamol avlod" sport musobaqalarining respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o'tdi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Yermuhamadova Feruza  va 1-bosqich o`quvchisi Eshnazarova Sarvinoz  “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Toshkent shahri jamoasining a`zolari bo`lgan .  2023/2024 o'quv yilida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining mutloq g'olibi bo'lgan 1-o‘rinni qo'lga kiritgan Toshkent shahri jamoasiga  I darajali diplom, kubok va maxsus statuetkalar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov topshirdilar.…

Continue Reading“Barkamol avlod» sport musobaqalarining respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o’tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  akademik litsey o‘quvchilari “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  akademik litsey o‘quvchilari Tojiboyev Amir, Ergasheva Samina va O‘ralova Diyora oliy o‘quv yurtlari talabalari, akademik litsey va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Xitoyning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Xitoy milliy madaniyat markazi hamkorligida tashkil etilgan. Tanlov ishtirokchilari uchta yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar: asosiy nutq, viktorina va iqtidorlar namoyishi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilarining “Xitoy ko‘prigi” xalqaro ko‘rik-tanlovida sovrinli o‘rinlarni…

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  akademik litsey o‘quvchilari “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi

15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida     15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi. Tadbirga Yakkasaroy tumani 60-sonli OP shifokorlari va ichki ishlar hodimlari taklif etildi. Barcha so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarning turmush qurish oldidagi tayyorgarligidan to barpo etilgan oilaga e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal…

Continue Reading15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений

Ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений.  Это American University in Dubai и University of Birmingham Dubai. Оба  ВУЗ предлагают сочетание американской учебной программы и ближневосточных ценностей для воспитания  всесторонне развитой личности.  Мы поздравляем нашего ученика Насирова Жахангира Шовкат угли с таким высоким достижением и желаем ему новых успехов и побед.

Continue ReadingУченик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida     9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Unda o’quvchilar o’zlarining tarix, jahon siyosati, adabiyot va boshqa yo’nalishlarga oid bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Ayniqsa, intellektual o’yin davomida tarixning ayanchli sahifalari yodga olinib, II jahon urushi, fashizm ustidan qozonilgan g’alaba, va albatta, tinchlik insoniyat uchun nihoyatda muhim, bebaho ne’mat ekanligi xususida alohida to’xtalib o’tildi. O’yin zavq va faollikka boy tarzda o’tdi. Barcha ishtirokchi jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Continue Reading9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

Akademik litseyga Koreyaning KOICA Koreya Xalqaro Taraqqiyot Markazi tashkilotining Direktori Chung Hye-jin 정혜진  tashrif buyurdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga  Koreyaning KOICA Koreya Xalqaro Taraqiyot Markazi tashkilotining Direktori Chung Hye-jin 정혜진 va direktor yordamchisi Hong Sung-hee 홍성희 tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad yangi oʻquv yilida Koreyaning nufuzli universitetlaridan saralangan 5 nafar iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoasi litseyimiz oʻquvchilariga koreys tilini yanada chuqur o‘rgatish uchun volontyor faolyatini yoʻlga qoʻyishdir.

Continue ReadingAkademik litseyga Koreyaning KOICA Koreya Xalqaro Taraqqiyot Markazi tashkilotining Direktori Chung Hye-jin 정혜진  tashrif buyurdi

Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida rus adabiyotining buyuk namoyondasi Mixail Bulgakov hayoti va ijodi, shu jumladan, yozuvchining “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi. Unda o’quvchilar yozuvchi biografiyasi, ijodiyotiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar, mavzu yuzasidan o’zaro fikr almashib, o’z bilimlarini yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, ajoyib bellashuv tashkil etilib, o’quvchilar jamoalarga birlashgan holda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Dars yakunida natijalar e’lon qilinib, “Svita” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. 

Continue ReadingMixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  Koreyalik oʻqituvchi 신지헤 (Shin Jin Hye) tomonidan “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi.  Unda o’quvchilar  ustozlari bilan birgalikda Koreyaning eng mashhur va sevimli taomlaridan bo’lgan - kimpab tayyorlashni o’rganishdi. O’quvchilar shu tariqa koreys oshxonasiga, o’ziga xos madaniyati olamiga sayohat qilishdi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi

“O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

2024-yil 19-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti, Pekin til va madaniyat universiteti va Shensi pedagogika universitetlari hamkorligida “Sharqshunos-talabalarning ko‘klam festivali” doirasida “O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Festivalda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o’quvchisi  Uralova Diyora faol ishtirok etdi va fahriy yorliq bilan taqdirlandi .

Continue Reading“O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi