“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tuman bo‘limi vakillari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi orkestri jamoasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, chora-tadbirlar va ularning ahamiyati xususida alohida to‘htalib o‘tildi. Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan raqs, she’r va qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etildi. Shu jumladan,…

Continue Reading“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Barkamol avlod – 2023” dasturidagi sportning “Voleybol” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional ta'lim muassasalari   o‘rtasida  “Barkamol avlod - 2023” dasturidagi sportning “Voleybol” turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent  shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining jamoasi ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Continue Reading“Barkamol avlod – 2023” dasturidagi sportning “Voleybol” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

 “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida ikki buyuk shaxs Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlar munosabati bilan “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘quvchilar jamoalarga birlashgan holda Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan savollarga javob berishdi. Intellektual o‘yin yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otib, hayajonli va zavqli jarayonga aylandi. O‘yin hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Eng yuqori ball to‘plagan jamoa 108-guruh o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari…

Continue Reading “Bilimdon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

«Barkamol avlod-2023» dasturi doirasida «Belbog’li kurash» bo’yicha musobaqa o’tkazildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional   maktablar  o‘rtasida  “Barkamol avlod - 2023” dasturidagi sportning  “ Belbog‘li kurash” turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent  shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyning 2-bosqich o’quvchisi Urinov Muhammadjon  ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Continue Reading«Barkamol avlod-2023» dasturi doirasida «Belbog’li kurash» bo’yicha musobaqa o’tkazildi

Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi o’qituvchisi xalqaro ko’rik-tanlovda taqdirlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Davlat va jamiyat hayotida faol bo'lib, turli sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan, sharafli kasbiga sadoqatli va fidoyi harbiylar, pedagoglar, shifokorlar, san'at va madaniyat xodimlari, jurnalistlar hamda boshqa soha vakillarini munosib rag'batlantirish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan "ENG YAXSHI XIZMATLARI UCHUN" nomli xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchi NURMURADOVA DILOVAR BOXADIROVNA faol qatnashib, ko'rik tanlovning medal, medal guvohnomasi, sertifikati, qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi o’qituvchisi xalqaro ko’rik-tanlovda taqdirlandi

TDPU akademik litseyida Koreya milliy yangi yil bayrami nishonlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2024-yilning 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi bilan hamkorlikda Koreya milliy yangi yil bayrami (설날) tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram Koreyaning milliy madaniyati va urf-odatlarini aks ettirib beradigan bayramlardan biridir.   Tadbirda Toshkent shahridagi Koreya Ta’lim markazi direktori Pang Ju-Man (팩주만) mahalliy koreys tili maktabi mas’ul xodimi Marina Kim hamda Kimyo xalqaro universiteti stajyor-tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyida Koreya milliy yangi yil bayrami nishonlandi

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy - shoirlarning sultonidir” nomli ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi D.Jumashov taklif etildi. Tadbir yakunida “Alisher Navoiy ijodida Vatan madhi” mavzusida o‘tkazilgan insholar va  devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Continue ReadingAlisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

TDPU akademik litseyi o’quvchilari “Barkamol avlod” sport musobaqalarida ishtirok etdi

Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida har yili bo’lib o’tadigan “Barkamol avlod” sport o’yinlari ham, bugungi kunda tizimning barcha bo’g’inlarida muhim ahamiyatni kasb etib, tobora nufuzi va ommaviyligi oshib borayotgan tadbirlardan biri sanaladi.  Sirdaryo viloyati "Alpomish sport majmuasi"da Respublika akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Barkamol avlod" sport o'yinlarining "Badminton" sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.  Mazkur sport musobaqada “Barkamol avlod - 2023” Toshkent shahar bosqichi  g’olibi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining o’quvchisi Eshnazarova Sarvinoz faol ishtirok etdi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyi o’quvchilari “Barkamol avlod” sport musobaqalarida ishtirok etdi

TDPU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida 5 tashabbus doirasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida tadbir tashkil qilindi. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlaydi.  Tadbir taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asariga  bag‘ishlangan bo‘lib unda ko‘tarilgan mavzuning dolzarbligi ko‘rildi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘zlangan maqsadlarga erishildi, tadbir ishtirokchilariga kitoblar va esdalik sovg‘alari berildi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi

TDPU akademik litseyi o’quvchisi yoshlar lageriga yo’llanmani qo’lga kiritdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o’quvchisi Matkosimova Sevinch Janubiy Koreya Respublikasining ta'lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan dastur bo’yicha yoshlar lageriga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan yuzdan ziyod  O’zbekiston Respublikasining umumta’lim maktablari va akademik litsey  o’quvchilari ichida g'oliblikni qo’lga kiritgan 5 nafar yoshlar ichida Matkosimova Sevinch ham o’rin olgan. Akademik litsey jamoasi iqtidorli o’quvchisini muborakbod etadi!

Continue ReadingTDPU akademik litseyi o’quvchisi yoshlar lageriga yo’llanmani qo’lga kiritdi