“Kuch – adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida joriy yilning 10 aprel kuni “Kuch - adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Nizomiy nomidagi TDPU “O‘zbekiston tarixi” kafedrasining Katta o‘qituvchisi Pustovaya Ye.S. o‘quvchi-yoshlarga Buyuk ajdodimiz Amir Temurning bosib o‘tgan yo‘li, davlat arbobi sifatida qilgan ishlari va xarbiy yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.