Ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений

Ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений.  Это American University in Dubai и University of Birmingham Dubai. Оба  ВУЗ предлагают сочетание американской учебной программы и ближневосточных ценностей для воспитания  всесторонне развитой личности.  Мы поздравляем нашего ученика Насирова Жахангира Шовкат угли с таким высоким достижением и желаем ему новых успехов и побед.

Continue ReadingУченик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Насиров Жахангир Шовкат угли  досрочно стал студентом двух престижных зарубежных высших  учебных заведений

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida     9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Unda o’quvchilar o’zlarining tarix, jahon siyosati, adabiyot va boshqa yo’nalishlarga oid bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Ayniqsa, intellektual o’yin davomida tarixning ayanchli sahifalari yodga olinib, II jahon urushi, fashizm ustidan qozonilgan g’alaba, va albatta, tinchlik insoniyat uchun nihoyatda muhim, bebaho ne’mat ekanligi xususida alohida to’xtalib o’tildi. O’yin zavq va faollikka boy tarzda o’tdi. Barcha ishtirokchi jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Continue Reading9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

Akademik litseyga Koreyaning KOICA Koreya Xalqaro Taraqqiyot Markazi tashkilotining Direktori Chung Hye-jin 정혜진  tashrif buyurdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga  Koreyaning KOICA Koreya Xalqaro Taraqiyot Markazi tashkilotining Direktori Chung Hye-jin 정혜진 va direktor yordamchisi Hong Sung-hee 홍성희 tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad yangi oʻquv yilida Koreyaning nufuzli universitetlaridan saralangan 5 nafar iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoasi litseyimiz oʻquvchilariga koreys tilini yanada chuqur o‘rgatish uchun volontyor faolyatini yoʻlga qoʻyishdir.

Continue ReadingAkademik litseyga Koreyaning KOICA Koreya Xalqaro Taraqqiyot Markazi tashkilotining Direktori Chung Hye-jin 정혜진  tashrif buyurdi

Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida rus adabiyotining buyuk namoyondasi Mixail Bulgakov hayoti va ijodi, shu jumladan, yozuvchining “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi. Unda o’quvchilar yozuvchi biografiyasi, ijodiyotiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar, mavzu yuzasidan o’zaro fikr almashib, o’z bilimlarini yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, ajoyib bellashuv tashkil etilib, o’quvchilar jamoalarga birlashgan holda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Dars yakunida natijalar e’lon qilinib, “Svita” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. 

Continue ReadingMixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  Koreyalik oʻqituvchi 신지헤 (Shin Jin Hye) tomonidan “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi.  Unda o’quvchilar  ustozlari bilan birgalikda Koreyaning eng mashhur va sevimli taomlaridan bo’lgan - kimpab tayyorlashni o’rganishdi. O’quvchilar shu tariqa koreys oshxonasiga, o’ziga xos madaniyati olamiga sayohat qilishdi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi

“O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

2024-yil 19-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti, Pekin til va madaniyat universiteti va Shensi pedagogika universitetlari hamkorligida “Sharqshunos-talabalarning ko‘klam festivali” doirasida “O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Festivalda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o’quvchisi  Uralova Diyora faol ishtirok etdi va fahriy yorliq bilan taqdirlandi .

Continue Reading“O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

В академическом лицее Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами отметили Международный день китайского языка, провозглашённый ООН. 

В академическом лицее Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами отметили Международный день китайского языка, провозглашённый ООН. Этот праздник считается одним из периодов 24 традиционных китайских солнечных терминов под названием "Зерновой дождь". Отмечая этот праздник, ученики лицея  изучают двадцать четыре солнечных термина, которые также являются продуктом древней китайской сельскохозяйственной культуры. Год делится на 24 части в соответствии с движением Солнца. Ученики получили информацию о том, как китайцы отмечают данный праздник.

Continue ReadingВ академическом лицее Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами отметили Международный день китайского языка, провозглашённый ООН. 

«Koreyada ta’lim olish ko’rgazmasi» da ishtirok etdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining koreys tili yo‘nalishi  o’quvchilari  Koreya Respublikasi ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan  «Koreyada ta’lim olish ko’rgazmasi» da ishtirok etdi. Unda o’quvchilar ustozlari bilan birgalikda Koreya Respublikasining universitetlari bo’yicha  ma’lumotga  ega bo’lishdi.

Continue Reading«Koreyada ta’lim olish ko’rgazmasi» da ishtirok etdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar bilan psixologik mashg’ulot o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar bilan psixologik mashg’ulot o’tkazildi. Unda o’quvchilar psixolog boshchiligida jamoaviy tarzda qiziqarli jarayonlarda birlashib, o’zlarini va guruhdosh do’stlarini psixologik tomondan kashf etish, o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Ayniqsa, “Ochiq mikrofon” psixologik o’yini o’quvchilarda alohida qiziqish uyg’otdi. Mashg’ulot o’quvchilarni zavqli va do’stona muhitda birlashtirdi. Aytish joizki, bu kabi jamoaviy mashg’ulotlar guruh jipsligi, o’zaro muloqot, o’zi va atrofdagilarni tushunish va umuman olganda, sog’lom psixologik muhitni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar bilan psixologik mashg’ulot o’tkazildi