Видеоролик о деятельности академического лицея при Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами
Видеоролик о деятельности академического лицея при Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами СМОТРЕТЬ
Видеоролик о деятельности академического лицея при Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами СМОТРЕТЬ
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida xitoy tili volontyor o’qituvchisi tomonidan Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi. Unda o’quvchilar ustozlari bilan birgalikda Pekin operasining grimini Lian pu texnikasi bo’yicha o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Aynan operada qo’llaniladigan maxsus niqoblar ustiga chizish jarayoni o’quvchilarga zavq bag’ishladi. Ta’kidlash kerakki, Pekin operasi grimida aks etuvchi har bir rang o’ziga xos ma’no kasb etadi. Mashg’ulot davomida o’quvchilar Pekin operasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi va albatta, Xitoy san’ati, madaniyati muhitini his etishdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Unda “Ko’ragon”, “Temur tuzuklari” va “Kuch adolatda” jamoalari ishtirok etib, Amir Temur, xususan, Temuriylar davri tarixi yuzasidan o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Intellektual o’yin o’quvchilar uchun jo’shqin, bahsli va qiziqarli jarayonga aylandi. O’yin so’ngida natijalar e’lon qilinib, “Kuch adolatda ” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti akademik litseyi faoliyati bo'yicha video lavha . VIDEO LAVHANI KO'RISH
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Bahor malikasi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda litseyning o’quvchi-qizlari faol ishtirok etib, o’zlarining intellektual salohiyatlari, ijodkorlik qirralari, turli sohalarga oid qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tanlovda jami 5 ta shart: tanishtiruv, moda namoyishi, intellektual shart, erkin mavzu va aktyorlik mahorati shartlari bo’yicha qizlar o’zlarining yorqin, ajoyib chiqishlarini taqdim etishdi. Erkin mavzu shartida qizlar har birlari o’zlarining musiqa, notiqlik, tasviriy san’at, dizaynerlik, she’riyat, aktyorlik va raqs san’atiga oid iste’dodlarini namoyish etishdi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ko’rik-tanlovda 108-guruh o’quvchisi Dono …
Litseyimizda go’zal bahoriy ayyom, Navruz shukuhi! Bayram munosabati bilan “Milliy liboslar kuni” bo’lib o’tdi. Tabriklar, birgalikda qiziqarli o’yinlar va esdalik uchun fotosessiyalar amalga oshirildi. Bayram barchaga quvonch, ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek, aynan Navro’zda, 21-mart kuni tavallud topgan buyuk shoirimiz, adabiyotimizning zabardast vakili, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning "Jannatga yo'l" dramatik dostoni asosida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari doktori, Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova tashrif buyurdi. Nizomiy…
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hasharda akademik litsey rahbariyati, pedagogik jamoa a’zolari, ishchi xodimlar va o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi. Hashar davomida akademik litsey hududini tozalash, daraxtlarga ishlov berish, mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.
Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent shahridagi akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida “Barkamol avlod - 2023” dasturidan o‘rin olgan sportning “Shaхmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Yermuhamadova Feruza ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2024-yilning 15- mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida xitoy tili guruhlari tomonidan bahor bayrami tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram Xitoyning milliy madaniyati va urf-odatlarini aks ettirib beradigan bayramlardan biridir. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti volontyor - o‘qituvchilari 董富华 (Dong Fuhua), 朱改荣(Zhūgǎiróng) ishtirok etishdi.
По указу Президента России В.В.Путина в Российской Федерации на федеральной территории Сириус в городе Сочи прошёл Всемирный фестиваль молодёжи. Данное мероприятие международного уровня посетили более 20.000 человек из 190 стран мира. На полях международного форума принял участие и ученик академического лицея Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами Таджибаев Амир, который стал членом огромной молодёжной команды. Амир добавил в череду своих побед ещё одну яркую звезду. Мы поздравляем его и желаем новых успехов во благо Нового Узбекистана.