TO'GARAKLAR
O’QUVCHILAR BO’SH VAQTLARINI UNUMLI FOYDALANISHI UCHUN JORIY YO’NALISHLAR


SAN’AT SHAYDOLARI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4910-Qarori ijrosi yuzasidan “SAN’AT SHAYDOLARI” nomli musiqa to’garagi tashkil qilindi. To’garakka barcha kurslardan o’quvchilar ishtirok etmoqda. To’garak rahbari O’zbekiston Davlar san’at va madaniyat instituti cholg’u ijrochiligi kafedrasi magistranti Ro’zimurodov Ilyosbek musiqa san’atining sir-asrorlarini o’rgatib kelmoqda. To’garak rahbarlari mashg’ulot davomida musiqa asboblaridan dutor, rubob, afg’on rubobi, doira, gitara va boshqa musiqa asboblaridan ham nazariy, ham amaliy bilimlarni bermoqda. I.Ro’zimurodov mashg’ulot davomida o’quvchilarni olgan bilimini sinash uchun ularga notalarni qanday chalish kerakligini amaliyotda ham chalib ko’rsatdi. Mashg’ulot davomida o’quvchilarga “Yallama”, “Do’st bo’lamiz”, “O’zbekiston” kabi kuylarning notalari har bir to’garak a’zolariga yetkazildi va amaliy mashg’ulotga chalib ko’rish mahorati o’rgatildi.
ZAKOVAT
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to’garagining I mavsum FINAL o’yini o’tkazildi. O’yinni MMIBDO‘ A.Ikromov olib bordi. O’yinda eng ochko to’plab, final yo’llanmasini qo’lga kiritgan 4 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan: “Golden star” (101-guruh), “Kelajak bunyodkorlari” (103-guruh), “Bilimdonlar” (106-gr), “Tafakkur” (108-gr) jamoalari darsdan keyin bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o’yinda bilim darajalarini sinash, uni rivojlantirish, turli mavzudagi yangiliklardan, kashfiyotlardan, ixtirolardan xabardor bo’lish maqsadida ishtirok etdilar. Jamoalar yarim yil davomida o’rgangan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida g’oliblik uchun kurashdi. O’yindagi ayrim raundlarni tahlil qiladigan bo’lsak, o’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “taroq” borligini 2 ta jamoa to’g’ri topib o’z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi. 12-raund “Harflar o’yini” raundidagi 3 ochkoli savolga 2 ta jamoa 1-2 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning FINAL sonida jamoalarning to’plagan ochkolari kutilmagan ko’rinishda aniqlandi: “Bilimdonlar” –10, “Golden star” – 10, “Kelajak bunyodkorlari” – 10, “Tafakkur” – 11 ochko bilan o‘yin g’olibiga aylandi. Barcha jamoalarni adolatli o’rinlarda bo’lishi uchun quyidagi tadbir qo’llanildi.
1-o’rin:108-guruhning “Tafakkur”jamoasi
2-o’rin 101-guruhning “Golden star” jamoasi
3-o’rin 103-guruhning “Kelajak bunyodkorlari”
4-o’rin 106-guruhning “Bilimdonlar”
O’yin so’ngida barcha bilimdonlar maxsus diplom, ko’krak nishoni hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.


ENG ZUKKO KITOBXON
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar o’rtasida “ENG ZUKKO KITOBXON” to’garagi o’tkazildi. Tanlovda 25 nafar o’quvchi o’z nomzodini ariza orqali topshirdi. Tanlov 2 shart asosida olib borildi. Ishtirokchilar “MEN SEVGAN ALLOMA VA ADIB” nomli 1-shartda o’zlari bilet orqali tanlagan alloma va adibnin hayoti va ijodi, asarlari bo’yicha ma’lumot berdi. 2-shartda esa berilgan she’rni ifodali o’qish va mazmunini gapirish berish bo’yicha barcha ishtirokchilar o’z mahoratlarini ko’rsatdi. Ishtirokchilarni 10 ballik tizimda baholash uchun hakamlar hay’ati jamoasi Ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari S.Botirova, M.Xasanova, O’zbek tili fani o’qituvchisi G.Azimova, Arab tili fani o’qituvchisi M.Ibragimovalar baholab borishdi. Tanlov natijalariga ko’ra, 3-o’rinni 106-guruh o’quvchisi Sarvar Xolmedov, 2-o’rinni 109-guruh o’quvchisi Sevara Shoimova, 1-o’rinni esa 108-guruh o’quvchisi Xojiakbarova Ominalar munosib deb topildi. Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
WEB DASTURLASH
HTML & CSS kursi veb-dasturlashni oʻrganishga qaror qilganlar ishlab chiqilgan boshlangʻich kursi. HTML, deyarli har qanday veb-sahifaning ajralmas komponenti va asosidir. Bu hujjatlarni formatlash tili. U butun dunyoda qo’llaniladi. HTMLni asosiy va keng tarqalgan qoʻllanilish usuli bu – Internet. Har bir sayt foydalanuvchiga ma’lumotlarini grafika koʻrinishida taqdim etish uchun HTMLdan foydalanadi. Lekin HTML Internet bilan chegaralanib qolmaydi, u turli operatsion tizimlar uchun mobil va desktop dasturlarini ishlab chiqishda juda keng qoʻllaniladi. Ushbu kursni o’tib chiqqaningizdan soʻng, siz toza HTML formatida o’z veb-saytingizni yaratib, uni Internetga joylashtira oladigan boʻlasiz.



2
Kafedralar
17
Guruhlar
416
O’quvchilar soni
33
O’qituvchilar
67
Umumiy xodimlar